O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2021-11-28 | Siyosat
2021-yilning 27-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Ashxobod shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida turli yo‘nalishdagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan hududlararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Afg‘oniston inqirozini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, mamlakatga insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatilishi muhimligi qayd etildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi