O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya ekspertlar markazi guruhi xodimlari bilan uchrashuv

2021-11-26 | Jamiyat

Joriy yilning 24-noyabr kuni Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Omonullo Nasritdinxodjayevning Rossiya ekspertlar markazi guruhi xodimlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Vazirlik tomonidan uchrashuvda Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti direktori Xurshed Mustafayev, Iste’mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish departamenti direktori Zafar Astanov, davlat byudjeti departamenti direktorining birinchi o'rinbosari Aleksandr Xvan va boshqa xodimlar ishtirok etdilar.

Mehmonlar tomonidan uchrashuvda Moliya institutlari kredit tahlili bo'yicha direktori Natalya Shcherbachenko va makroiqtisodiy tahlil bo'yicha Dmitriy Fedotkin, banklar va moliya institutlari uchun sug'urta mahsulotlari bo'yicha loyiha rahbari Andrey Ponomaryov va O'zbekiston Respublikasidagi REM vakolatxonasi rahbari Pavel Bukhanov ishtirok etishdi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz iqtisodiy holati, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, ular bo'yicha prognoz va rejalashtirilgan islohotlar, jumladan, soliq masalalari muhokama qilish bo‘ldi.

Xususan, mehmonlar davlat byudjetining umumiy parametrlari va uni kelgusi yilga taqsimlash rejalari bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga 2022-yil uchun "Fuqarolar uchun byudjet"ning navbatdagi axborot nashri taqdim etildi. Uchrashuv davomida keyingi yillarda ham tashqi, ham ichki davlat qarzi darajasi dinamikasiga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, mehmonlar davlat mulkini xususiylashtirish va banklarni transformatsiya qilish jarayonining borishi haqida to‘liq ma’lumot olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari muhokama qilinib, shu bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться