O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya biznesi O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor

2021-11-26 | Iqtisodiyot

Seulda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Koreya Respublikasi yirik biznes va davlat korporatsiyalari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda Samsung Group, KIA Motors, LG Corporation, POSCO Group, Hyundai Motor Group, Lotte Group, Korea Telecom, KNOC kabi kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, KITA Koreya xalqaro savdo uyushmasi va “KUBA” Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar assosiasiyasi vakillari ishtirok etdi.
 
Davra suhbatida S.Umurzakov so‘zga chiqib, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yo‘lidan barqaror harakatlanayotganini hamda iqtisodiyotning oshkoraligini oshirish va jahon iqtisodiy makoniga integratsiyalashni davom etishga intilayotganini ta'kidladi. U, shuningdek, Koreya biznes vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan noyob imkoniyatlardan foydalanishga taklif etdi, tegishli masalalarni hal etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining nutqi davomida bir qator yirik koreys kompaniyalarining O‘zbekistonda keng ko‘lamli yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish tajribasi qayd etildi. So‘nggi bir necha yil ichida o‘zaro munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashda ishbilarmon doiralarning roli alohida ta'kidlandi.
 
Energetika, yengil sanoat, metallurgiya, axborot texnologiyalari, farmasevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va elektrotexnika kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar va ishga solinmagan zaxiralar muhokama etildi.
 
Koreya biznesining vakillari o‘z kompaniyalari haqida ma'lumot berdilar hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va tarmoqlari, shuningdek, qo‘shma loyihalar doirasida o‘zaro manfaatli sheriklik mexanizmlariga to‘xtalib, kelgusida O‘zbekistonda faoliyat yuritish rejalari haqida fikr yuritdilar.
 
Davra suhbatida O‘zbekiston va Koreya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda, Koreya xalqaro savdo uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida yaqin kelajakda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi tashkil etilishi kutilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться