O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Betakror san’atimiz mushtarakligi

2021-11-26 | Madaniyat

O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlari o‘zaro uyg‘undir.

Aytish kerakki, ikkala mamlakat san’atkorlari yurtimiz va qardosh diyorda bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanlar, san’at festivallarida, ijodiy loyihalarda faol ishtirok etishi yaxshi an’anaga aylangan. Jumladan, “Sharq taronalari”, Xalqaro maqom, baxshichilik san’ati festivallari, bolalar ijodiyotiga oid “San’at g‘unchalari” xalqaro ko‘rik-tanlovida ozarbayjonlik ishtirokchilarning muvaffaqiyatli qatnashgani muxlislarga yaxshi ma’lum.

Ayni paytda Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining mumtoz navolardan iborat konsert dasturlari, bir qator san’atkorlarimizning Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan milliy mug‘om san’ati xalqaro tanlov va  festivallaridagi muvaffaqiyatli  ishtiroki madaniy-ma’rifiy sohadagi munosabatlarimiz rivojidan darak beradi. Madaniy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon milliy konservatoriyasi rektori Siyavush Karimi bilan uchrashdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. Uchrashuvda o‘zbek milliy maqomi va Ozarbayjon mug‘om san’atini chuqurroq o‘rganish borasida ikki tomonlama madaniy hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish, sohada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida onlayn seminarlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.

Ikki tomonlama muhim taklif va fikr-mulohazalar bildirilgan mazkur uchrashuv yakunida Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda Ozarbayjon milliy konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Manba: O'zA

Поделиться