O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonda barqaror rivojlantirishni moliyalashtirishning yangi vositalari

2021-11-25 | Jamiyat

BMT Taraqqiyot dasturi tashabbusi bilan Moliya vazirligi hamkorligida «Barqaror rivojlantirish maqsadlari (BRM) va resurslarini safarbar etish uchun yangi vositalar» mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirliklari, BRMni faol amalga oshiruvchi soha vazirliklari va davlat idoralari, rivojlanish bo'yicha xalqaro hamkorlar bilan bir qatorda Meksika va Indoneziya ekspertlari bilan bo’lib o’tgan ochiq muloqot barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish uchun yangi vositalarni joriy etish bo'yicha jahon tajribasini o'rganish imkonini yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari tomonidan «SDG loyihalarini moliyalashtirish: Xususiy sektor va global investorlarning resurslarini safarbar etishdagi asosiy yutuqlar» mavzusida qilingan taqdimotda «yashil», barqarorlik va ijtimoiy obligatsiyalar milliy BRMlarga erishishni tezlashtirishga yordam berishi mumkinligi yoritib o'tildi. Shu bilan birga, O'zbekistonning BRMga erishish sohasidagi yutuqlari va qo'shimcha resurslarning safarbar etilishi mazkur jarayonni tezlashtirishga qanday yordam berishi mumkin kabi mazmundagi masalalar muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga 2030-yilgacha erishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil  20-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-sonli qarori qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari O‘zbekiston Respublikasining 24 ta ustuvor xalqaro reyting va indekslari qatoriga kiritilgan. 2020-yil 19-noyabrda jalb qilingan milliy valyutadagi ilk xalqaro obligatsiyalardan tushgan 2 trln. so’m miqdoridagi mablag'lar O’zbekiston Respublikasining bargqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, kambag‘allikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzi va sifatli ta'limni targ‘ib qilish, gender tengligi ta'minlanishini jadallashtirish, toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, munosib mehnat sharoiti va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilma barqarorligini oshirishga qaratilgan rivojlanish loyihalari uchun sarflanganligini qayd etib, tanlangan loyihalarning natijalari bilan ulashildi.

Konferensiyadan so'ng tarmoq vazirliklari va idoralari uchun salohiyatni oshirish bo'yicha uch kunlik seminar o'tkaziladi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться