O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya
2021-11-25 | Iqtisodiyot
Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes moddelarini o‘zgarish tendensiyalari, unda buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya 2021-yil 20-noyabrda Toshkent moliya institutida tashkil etildi.
Konferensiyada soha vazirlik va idoralar xodimlari, xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazlari va moliya institutlarining iqtisodiyot sohasi mutaxassislari, shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasi mutaxassislari, doktorantlar, tadqiqotchilar va magistrlar ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Audit uslubiyoti va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i Otabek Barakaev tomonidan buxgalteriya hisobi va audit sohasida amalga oshirilyotgan islohotlar, xususan “Auditorlik faoliyatini tartibga solish va unda raqamli texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti” mavzusida taqdimot qilindi.
Shuningdek, konferensiyada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ahamiyati, buxgalteriya hisobi va auditni halqaro standartlarga muvofiqlashtirishning ustuvor masalalari, vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya yakunida tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga o‘z minnatdorchilik bildirib, tadbirda faol ishtirok etganlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi