O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arab pazandachiligi chempionatida O’zbekiston vakillari 3 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi

2021-11-24 | Jamiyat

O’zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi va Falastin davlati hamkorligida ilk bor bo’lib o’tgan Arab pazandachiligi chempionatida ishtirok etdi. 
Mazkur chempionatda Iordaniya, Falastin, Isroil, Saudiya Arabistoni kabi 12 davlatdan kelgan oshpazlar jamoasi  o’z mahoratini namoyon qilishdi.

Kuchli raqobat muhitida kechgan chempionatda O’zbekiston vakillari:
1. Saidmaksat Akramov - 1 - o’rin / «baliq» hamda «qo’y go’shti» nominatsiyalarida (2 ta oltin);
2. Turaxonov Fatxullaxon - 1 - o’rin / «go’sht» nominatsiyasi.
3. Davletov Rahimboy -  2 - o’rin / «baliq» nominatsiyasi bo’yicha ga’laba qozonib, 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo’lga kiritishdi.  Xalqaro turizm uyushmasi va Falastin pazandachilik san’ati uyushhmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizning gastonomik turizm salohiyati namoyish etildi va keng targ'ib qilindi. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi yanada ko’payishi hamda milliy oshpazlik an’alarimizga bo’lgan qiziqish ortishiga olib keladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться