O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Norvegiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-11-24 | Siyosat
2021-yilning 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, Vazir Elchini yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga omad tiladi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi. Bo‘lajak tadbirlar, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi