O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Navoiy asarlari va navoiyshunoslikka oid platforma yaratildi

2021-11-22 | Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondining rasmiy sayti tashkil etildi.

Ushbu sayt Alisher Navoiy asarlari va navoiyshunoslikka oid barcha manbalar jamlangan internetning o‘zbek segmentidagi ilk platformadir.

navoiyfond.uz deb nomlangan ushbu internet saytida Navoiy fondining tashkil topgan vaqti, vazifa va maqsadlari haqida bayon qilinib, Alisher Navoiy asarlarining barcha jildlari elektron kitob shaklida joylashtirilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy va navoiyshunoslikka doir kitoblar,  ilmiy tadqiqotlar, audio kitoblar hamda Navoiy haqida ishlangan spektakllar va kinofilmlar haqida batafsil ma’lumotlar o‘rin olgan.

 Navoiy ijodi bo‘yicha ilmiy ish qilgan barcha navoiyshunoslarning tarjimayi holi, qilgan ishlari va asarlaridan parchalar ham saytdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi 2021 yil Alisher Navoiy tavalludiga 580 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodini, uning boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, asarlarini yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan.  

Fondning asosiy vazifalari sifatida Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng o‘rganish va targ‘ib qilish, Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish, mukammal ilmiy nashrlarini yaratish, ularni respublikada va chet ellarda nashr etish, Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashish, ular yaratgan ilmiy va badiiy asarlarni jamlash, shoir ijodini o‘rganayotgan, jumladan xorijiy davlatlardagi ilmiy-ijodiy markazlar bilan hamkorlik qilish kabi vazifalar belgilangan.  

Saytda ushbu belgilangan vazifalarning bajarilishi bilan bog‘liq barcha yangiliklar e’lon qilib boriladi.

D. Mamatova

Manba: O'zA

Поделиться