O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qilichboz qizlarimiz jahonda tengsiz ekanliklarini namoyish etishd

2021-11-22 | Sport

21-noyabr kuni qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi musobaqalari yakunlandi.

Toshkent shahri mezbonlik qilgan nufuzli turnirning yakkalik bahslarida 20-noyabr kuni Tokio olimpiadasi ishtirokchisi Zaynab Dayibekova sablya yo‘nalishida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

21-noyabr kuni ham hamyurtlarimiz uchun o‘ta omadli yakun hosil qildi. Jamoaviy tarzda bahslarda qatnashgan terma jamoamiz qizlari – Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova hamda Venera Isroilova oltin medallari sohibalariga aylanishdi.
 
Finalda hamyurtlarimiz ushbu sport turining sablya yo‘nalishida juda tajribali hisoblangan rossiyalik tengdoshlarini 45:36 hisobida mag‘lub etishga erishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться