O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YeOTB O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor

2021-11-19 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi N.Podguzov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning YeOTB a'zosi maqomini olishi borasida birga olib borilayotgan sa'y-harakatlarning bugungi holati, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning borishi va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Bugunga kelib, bazaviy infratuzilmani zamonaviylashtirish, suv xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilganligi ta'kidlandi. Ushbu loyihalarni ilgari surish hamda ularni amalga oshirish uchun YeOTB mablag‘larini jalb qilishga doir navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi. Kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Bankdan O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

YeOTB va O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlantirish agentligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bank rahbariyati Agentlikka investitsiya loyihalarini boshqarish, baholash va ekspertizasini o‘tkazish sohalarida maslahat yordami berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ishlab chiqilayotgan loyihalarni batafsil muhokama qilish, aniq kelishuvlarga erishish, shuningdek Agentlik bilan o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Bank ekspert guruhini O‘zbekistonga yuborishga kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun: Yevroosiyo taraqqiyot banki (EOTB) Rossiya va Qozog‘iston vakolatli vakillari tomonidan 2006-yil 12-yanvar kuni imzolangan davlatlararo bitimga muvofiq mintaqaviy taraqqiyot banki hisoblanadi. YeOTBning vazifalari unga a'zo mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tishlariga ko‘maklashish, iqtisodiy o‘sishlarini rag‘batlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirishdan iborat.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться