O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2021-11-19 | Iqtisodiyot

Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Hududlararo hamkorlikning II forumi doirasida imzolangan qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Tomonlar bo‘lib o‘tgan tadbirning ahamiyatini yuqori baholab, Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga kutilayotgan tashrifining iqtisodiy kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirishning samarali vositasiga aylanganini hamda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga imkon yaratganini qayd etdilar.
 
Shuningdek, alohida loyihalarni amalga oshirishning borishi batafsil ko‘rib chiqildi, mavjud masalalarni hal qilish mexanizmlari shakllantirildi hamda ularni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish borasida navbatdagi tadbirlar belgilandi.
 
Belgilangan vazifalarni bajarish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda munosabatlarni izchil kengaytirish uchun muloqotni rivojlantirish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishga sodiqligini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться