O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Terma jamoalarimiz uchun yanada yaxshi sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi
2021-11-18 | Sport
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Qaror bir qancha yo‘nalishlarda mas’ul tashkilotlarning ish faoliyati yanada optimallashtirilishini taqazo etadi. Bu borada O‘zbekiston MOQ rahbariyati muntazam ish olib bormoqda.
Qo‘mita raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning o‘rinbosari Sherzod Tashmatov mutaxassislar bilan terma jamoalarimiz bilan ishlash mexanizmini yanada kuchaytirish bo‘yicha muhokama o‘tkazdi. Unda, shuningdek, Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi