O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston bilan YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

2021-11-17 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda YeTTBning moliya institutlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori F.Malij, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Rossiyadagi moliya institutlari guruhi direktori G.Orlov, YeTTBning gender masalalari va iqtisodiy integratsiya bo‘yicha direktori B.Rambusek hamda Bankning boshqa vakillari va ekspertlari ham ishtirok etdi.
 
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, O‘zbekistonda YeTTB tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishi hamda munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Yaqin kelajakda iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar sohasida davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirish, shuningdek, moliya sektori va kapital bozorini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik masalalari ko‘tarildi.
 
O‘zbekiston tomoni YeTTB tomonidan bank sektori, tog‘ - kon, kimyo sanoati va eksport salohiyatini yuksaltirish sohalarida ko‘rsatilayotgan maslahat yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi hamkorlikdagi ishlarni faollashtirishga kelishildi.
 
Uchrashuv yakunida ikkala tomon ham manfaatdor bo‘lgan muhim masalalar ustida ish olib borildi hamda munosabatlarning ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlari doirasida kelgusidagi amaliy hamkorlik tadbirlari belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться