O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar
2021-11-17 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish muhim ekani qayd etildi.
Ikki mamlakat hukumatlari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va aniq dasturlari ishlab chiqilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti