O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2022-yil uchun Budjetnomaga sharh

2021-11-17 | Iqtisodiyot

Mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat hisoblangan Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Budjetnomada ko‘zda tutilgan ma'lumotlar asosida 2022-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Budjetnoma 4 ta bo‘lim va 5 ta ilovadan iborat bo‘lib: 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 2020-yilgi ijrosi, 2021-yilgi kutilayotgan yakunlari hamda 2022–2024-yillar uchun asosiy yo‘nalishlari; O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining 2021-yilgi kutilayotgan ijrosi;

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining 2022-yil uchun prognozi va 2023–2024-yillar uchun mo‘ljallari, shuningdek fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari;

Davlat budjeti barqarorligini ta'minlash hamda budjet samaradorligi va natijadorligini oshirish, shu jumladan fiskal siyosatning asosiy xavf xatarlari, budjet xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilash, budjet jarayoni ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash, davlat qarzini boshqarishni takomillashtirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. 

Budjetnomaning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться