O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O'zbekiston - Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining majlisi to'g'risida

2021-11-17 | Siyosat

Bryussel shahrida "O'zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi" Hamkorlik kengashining 16-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga Kengashning hamraisi sifatida Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush Silva rahbarlik qildi.

Tadbir davomida Yevropa tomoni O'zbekistonda adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi. 

O'zbekiston-Yevropa munosabatlarining bugungi holati, qo'shma dasturlarni amalga oshirish, hamkorlikning yangi yo'nalishlari, shuningdek, bo'lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim bo'yicha muzokaralarni tezroq yakunlash muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish, jumladan, savdo to'siqlarini bartaraf etish, mintaqalararo o'zaro bog’liqlikni rivojlantirish, qayta tiklanadigan energetikani qo'llab-quvvatlash, moliyaviy-texnik yordam ko'rsatish, sayyohlik va ta'lim almashinuvlarini jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O'zbekistonning tashqi siyosati va uning natijasi o'laroq Markaziy Osiyoda shakllangan o'zaro anglashuv va yaxshi qo'shnichilik muhitini yuksak baholadi. Rasmiy Bryusselning "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" shaklida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligi ma’lum qilindi.

Majlis ishtirokchilari Afg'onistondagi vaziyatni, shuningdek, afg'on xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish masalalarini ham muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida OAV uchun qo'shma matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться