O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xayrullo Bozorov Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

2021-11-16 | Siyosat

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onaga tashrif buyurgan Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi.

Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizning, xususan Farg‘ona viloyatining Shveysariya bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Viloyatning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-investitsion munosabatlari borasida ham alohida so‘z bordi.

 Viloyat hokimi mehmonlarni Farg‘ona viloyatida ko‘rib turganidan mamnun ekanligini aytib o‘tdi va Konstantin Obolenskiyning yurtimizdagi faoliyati yillari O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi hamkorlikning eng yaxshi davri bo‘lishini tiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yangi tashqi siyosat natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari, shu jumladan Shveysariya bilan aloqalar jadal sur’atlarda yuksalib borayotgani, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlanganiga e’tibor qaratildi.

Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyati yuqori ekanini, kimyo sanoati, tekstil, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash kabi sohalarning viloyatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutishini alohida ta’kidlagan viloyat rahbari, Shveysariya bilan iqtisodiyotning bu va boshqa sohalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Joriy yilning avgust oyida mamlakatimizda o‘z faoliyatini boshlagan Konstantin Obolenskiy ilk tashrifini Farg‘ona viloyatidan boshlaganini, viloyatning salohiyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi islohotlardan, xususan, hududlarga ham ko‘plab imkoniyatlar, vakolatlar berilayotganligidan xabardorligi, bu esa ularning xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlarida ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Elchi, Shveysariya hamda Farg‘ona viloyati o‘rtasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sohasida aloqalar borligini va buni yana davom ettirib, hamkorlik turi va ko‘lamini kengaytirish takliflarini bildirdi.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olingan masalalar yuzasidan aloqalarni kengaytirib borishga kelishib olindi.

Manba: O'zA

Поделиться