O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yer va urbanizatsiya sohasidagi islohotlar hamda ishlab chiqilayotgan strategiyalar yuzasidan davra suhbati

2021-11-16 | Jamiyat

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultanov hamda texnik masalalar bo‘yicha katta maslahatchi, yer va geofazoviy masalalar bo‘yicha global yetakchi Vael Zakut boshchiligidagi Jahon banki vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida, shuningdek, Jahon banki loyiha menejeri va yer resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis Nadej Orlova, yer siyosati bo‘yicha katta maslahatchi David Egiashvili, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Viniyak Nagaraj, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining mas’ul departament vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida yer munosabatlarida qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan Jahon bankidan fikr-mulohazalar tinglandi, shu bilan birga hukumatning keyingi rejalari, “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida yerlarni boshqarish imkoniyatini Jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy tajribalar asosida o‘rganib chiqish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, tomonlar zamonaviy iqtisodiyot, iqtisodiy taraqqiyotda yer munosabatlarining o‘rni, xususan, yer islohotlari, kadastr loyihalari, bo‘sh qolayotgan yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlarini shakllantirish, soliq islohotlari, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ish o‘rinlarini yaratish, aholini uy-joy bilan ta’minlash, kambag‘allikni bartaraf etishda yer islohоtlarining o‘rni yuzasidan fikrlar almashdilar.

Davra suhbati yakunida, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, joriy va istiqboldagi loyihalarda har tomonlama yordam ko‘rsatish, kelgusi uchrashuvda muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться