O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Kengashi prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-11-16 | Siyosat
Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Kengashi prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Saymon Mordyu bilan uchrashdi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi O‘zbekiston-Yevropa hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha muzokaralar jarayonini jadallashtirish, xavfsizlik sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” va “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shakllarida bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va uning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siriga alohida e’tibor qaratildi. Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishda jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligi haqida umumiy fikr bildirildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi