O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokaralar to‘g‘risida

2021-11-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi. Tomas Niklasson O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatayotgan yordamini yuqori baholadi hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, shuningdek, Termiz shahrida gumanitar xab tashkil etishda mamlakatimiz bilan kelgusida faol hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatdagiyangi hokimiyatga nisbatan umumiypozitsiyasini ishlab chiqish, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish yuzasidan fikr almashdilar. Afg‘on muammosi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish yuzasidan o‘zaro manfaatdorlik mujassamligi bildirildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться