O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston sayyohlik sanoatining yutuqlari va yangi yo‘nalishlari MDH Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida taqdim etildi
2021-11-16 | Turizm
TRAVEL HUB “Hamdo‘stlik” xalqaro sayyohlik forumi doirasida tibbiy va sanoat turizmini rivojlantirish, sanoatni raqamli o‘zgartirish, shuningdek, MDH mamlakatlari sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.
MDH Parlamentlararo assambleyasi (PA) bosh qarorgohida uyushtirilgan tadbirda tashkilotga aʼzo davlatlar madaniyat vazirliklari rahbarlari, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniyat arboblari va ekspertlar ishtirok etdi.
Majlisda MDHga aʼzo mamlakatlarning yagona sayyohlik maydoniga integratsiyalashishi bo‘yicha istiqbolli rejalar, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, sohani yana-da taraqqiy ettirish dasturlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda tibbiy turizm ham asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Olimlar, sog‘liqni saqlash sohasi va sayyohlik hamjamiyati vakillari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekistonning turizm sohasidagi yutuqlari va yangi yo‘nalishlari, mamlakatning xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb qilish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Bundan tashqari, qatnashchilar respublikada viza tartibini liberallashtirish, xorijlik fuqarolarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish, turizm sanoatini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi