O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
2021-11-15 | Jamiyat
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi Chilonzor tumani bo‘limi jamoasi 131- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi.
Yoshlar ishlari agentligi Chilonzor tumani bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ziyoviddinovning qayd etishicha, «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida soha xodimlari tomonidan daraxt ekish ishlari an’anaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan.
–Ta’kidlash joizki, yashil hududlar insoniyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, –dedi B.Ziyoviddinov. – Tadqiqotlarga ko‘ra, tabiatda bo‘lish yoki hatto tabiat manzaralarini tomosha qilish g‘azab, qo‘rquv va stress darajasini kamaytiradi. Tabiiy sharoitlar nafaqat ijobiy psixologik ta’sir ko‘rsatadi, balki qon bosimi, yurak urish tezligi, mushaklarning kuchlanishini va stress garmonlarini ishlab chiqarishni kamaytirish orqali jismoniy faollikni oshiradi.
Manba: O'zA