O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Startap loyihalarini monitoring qilish” mavzusida onlayn-seminar oʻtkazildi

2021-11-12 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan startap loyihalari tashabbuskorlari uchun “Startap loyihalarini monitoring qilish” mavzusida vazirlik tomonidan moliyalashtirilayotgan startap loyiha tashabbuskorlari uchun onlayn-seminar oʻtkazildi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi xodimlari, startap loyihalarni monitoring qiluvchi Ishchi organ va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xodimlari maʼruza va taqdimotlar bilan chiqish qildilar.

Seminarda vazirlik tomonidan startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar haqida aytib oʻtildi. Shuningdek, startap loyihalarini monitoring qilishdagi duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish choralari haqida fikrlar bildirildi.

Startap loyihalarni monitoring qiluvchi Ishchi organ vakillari startap loyiha tashabbuskorlari uchun monitoring hisobotlarini topshirish tartiblari mavzusida taqdimot qildilar. Ishchi organ vakillari loyiha tashabbuskorlari tomonidan duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, yoʻl qoʻyilayotgan qator kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir monitoring hisobot jadvallari boʻyicha tushuncha berdilar.

Bundan tashqari, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xodimlari kalendar rejaga koʻra monitoring hisobotlarini tartibli topshirish borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar monitoring hisobotlarini topshirish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться