O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Misr mutaxassislari mahsulot sifatini baholash sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2021-11-11 | Iqtisodiyot
Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Misr akkreditatsiya kengashi mutaxassislari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro Anglashuv memorandumining yakuniy loyihasi muhokama qilindi. Hamkorlikning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlari belgilab olindi, tomonlarning huquq va majburiyatlari tasdiqlandi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish uchun ikki idoraning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruhini tuzish xususida fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida Anglashuv memorandumini savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak 7-yig‘ilishi doirasida imzolashga kelishib olindi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi