O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida «Salomatlik yo‘lakchalari» ko‘paymoqda

2021-11-10 | Jamiyat

Prezidentimizning 2020-yil 28-dekabrdagi «2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Tuman-shahar markazlarini obodonlashtirish uchun Toshkent viloyatiga 150 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirda loyiha quvvati yakunlanish arafasida. Reja bo‘yicha hududda piyodalar, ko‘zi ojizlar hamda velosipedda harakatlanuvchilar uchun maxsus yo‘lakchalardan iborat jami 127,6 ming kilometrlik «Salomatlik yo‘lakchalari» barpo etildi.  

Yo‘lakchalarni va sport maydonchalarini yoritish uchun zamonaviy muqobil (quyosh) energiyasida ishlovchi yoritgichlardan foydalanilayotgani tungi vaqtlarda ham aholi bemalol harakatlanishi bilan birga, energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi.   Xususan, Nurafshon shahar Bobur ko‘chasida tashkil qilingan Salomatlik yo‘lagida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» ommaviy yurish marafoni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Ommaviy yurish karvoniga Nurafshon shahar Turizm va sport bo‘limi boshlig‘i Bahodir Haydarbekov boshchilik qildi. Tadbirda shahar hokimligi, tashkilot va korxonalardan 70 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi.

Muhimi, hozir sportni kundalik hayot tarziga aylantirish, aholi salomatligini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar barcha hududlarda keng ommalashtirilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться