03:34:08 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Samarqand tadbirkorlari Turkiyada

2021-11-10 | Jamiyat

Samarqandlik tadbirkorlar shu kunlarda Turkiya Respublikasida bo‘lib, ushbu mamlakatda o‘tkazilayotgan biznes forum va ko‘rgazmalarda ishtirok etmoqda.

Safarning birinchi kunida tadbirkorlar Istanbuldagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi, hamkorlikda ishlash istiqbollari belgilab olindi.

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov va Istanbul savdo-sanoat palatasi raisi Sekib Avdagic ishtirokidagi uchrashuvda Samarqand va Istanbul tadbirkorlarining hamkorligini kengaytirish, birgalikda biznes forumlar o‘tkazish yuzasidan fikr almalishdi.

– Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasining o‘sib borayotgani tadbirkorlarimizning faol hamkorlik qilayotganidan dalolat beradi, – dedi J.O‘roqov. – Jumladan, Samarqandda ham turkiyalik ishbilarmonlar bilan birgalikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Biz savdo-investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz va buning uchun shart-sharoit yaratishni kafolatlaymiz.

Uchrashuvda ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. 

Manba: O'zA

Поделиться