O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson huquqlarini ta’minlash borasida qanday choralar ko‘rilmoqda?

2021-11-09 | Jamiyat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochib, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, bu yo‘nalishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inson huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga qaratish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uning “Yo‘l xaritasi” bandlarining bajarilishi yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillabayevning axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar doirasida tayyorlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi qabul qilingan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishiga qaratilgan bo‘lib, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu borada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi muntazam monitoring olib bormoqda.

Berilgan axborotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Milliy harakatlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy markaz tomonidan 10 ta tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, 1 tasi doimiy monitoringga olingan. Eng muhimi, Milliy markaz “Kamsitishga yo‘l quymaslik va tenglik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritgan. Shuningdek, etnik guruhlarning huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, ularning huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Prezidentimiz 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida qiynoqlarning oldini olishda Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda tergov izolyatorlari va jazni o‘tash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimli yo‘lga qo‘yilishi, Oliy Majlis palatalari har yili Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha ma’ruzasini eshitish, bu illatga butunlay barham berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilashi alohida ta’kidlagan edi.  

Ushbu belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda davlatimiz rahbarining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning 2021 yil to‘qqiz oyida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Taqdim etilgan axborotga ko‘ra, Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik guruhlari tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 120 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirilgan.

Ularda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni saqlash sharoitlari, xususan, yashash va ovqatlanish, mehnat qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi hamda ta’lim-tarbiya berish va boshqa shu kabi holatlar o‘rganilgan.

Yig‘ilishda shuningdek, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari  T.Komilovning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturining 2021-yil 3-chorakdagi ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining tegishli bayonnomasi tuzildi.

Manba: O'zA

Поделиться