O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Men uchun har bir odamning sog‘lig‘i qadrli

2021-11-09 | Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Xalqimizning sog‘lig‘i, onalar va bolalar, nuroniylarning salomatligi hech narsa bilan o‘lchanmaydigan eng bebaho boyligimizdir.

Shuning uchun, islohotlarimizning bosh mezoni bo‘lgan “Inson qadri uchun” tamoyilining muhim bo‘g‘inlaridan biri ham – barcha uchun, sifatli tibbiy xizmatlar olishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Ochiq aytish kerak, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, shifokorlar malakasi bilan bog‘liq ko‘plab masalalar hali o‘z yechimini topgani yo‘q.

– Saylovoldi uchrashuvlarida islohotlarning kelgusi besh yillik dasturini ishlab chiqish jarayonida bunga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Shu bois, saylovoldi dasturida tibbiyotni xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish bo‘yicha katta marralarni belgilab oldik. Buning uchun, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘iniga ajratiladigan mablag‘larni 2 barobarga oshirib, aholi o‘rtasida keng tarqalgan kasalliklarni kamaytirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish rejalashtirilyapti, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda ushbu vazifalar ijrosi aholi salomatligini ta’minlashdagi eng muhim sohalardan biri bo‘lgan kardiologiya yo‘nalishi misolida ko‘rib chiqildi.

bugungi kunda 30-70 yoshdagi aholi o‘rtasida o‘lim holatlarining 53 foizi yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri kelmoqda (dunyoda 31 foiz). So‘nggi besh yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga (330 ming nafar), hatto yoshlar orasida ham ko‘paygan.

Agar birlamchi bo‘g‘inda kasalliklar va ushbu kasalliklarga moyilligi bor aholini aniqlash ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, mazkur raqamlar ancha ko‘proq bo‘ladi. Misol uchun, 40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud bo‘lib, rasmiy kasallar sonidan 4-5 barobar yuqori.

– Mahallalarda odamlarni piyoda yurishini tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu ham aholi salomatligini yaxshilashda yaxshi tajriba. Bu ishlarni yanada kengaytiramiz, men uchun har bir odamning sog‘lig‘i qadrli, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manba: O'zA

Поделиться