O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasi qimmatli kitoblar bilan boyitilmoqda

2021-11-09 | Turizm

“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirokida “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga kitoblarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi ishtirok etdi.

Muloqot davomida D.Satibaldi qozog‘istonliklar O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va mamlakat oliy ta’lim muassasalariga eng ilg’or texnologiyalar joriy etilayotganini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasining Buyuk Ipak yo‘lidagi turizm, tarixi va madaniyatiga oid jahon adabiyoti bilan jihozlangan kutubxonaning shakllantirilishi mamlakatimizda kadrlar malakasini yanada yuksaltirish hamda Markaziy Osiyoda turizm industriyasini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. 

A.Abduhakimov Qozog‘iston tomonining tashabbusi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan turizm sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash, yangi mintaqaviy turistik yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyoga tashrif buyuruvchi mamlakatlar uchun yagona “SilkVisa”ning tez orada yo’lga qo’yilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda Samarqand shahrida Turizm va sport vazirligi huzurida tashkil etilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasini ochishdan maqsad mamlakat turizm industriyasining kadrlar salohiyatini va turizm sohasida xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tarixiy-madaniy va gumanitar aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться