O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ilhaq” filmi xalqaro kinofestivalga ishtirok etadi
2021-11-08 | Madaniyat
Kinematografiya agentligi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 20-26-noyabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida “Listapad” (Minsk International Film Festival) kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi mazkur festival dasturidan o‘rin oldi.
“Ilhaq” badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 5 farzandini frontga jo‘natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan. Filmda postanovkachi rejissyor Jahongir Ahmedov. “Listapad” (Minsk International Film Festival) festivali esa 1994-yildan buyon Minsk shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Unda Osiyo va Yevropa mintaqasidagi mamlakatlarning badiiy va hujjatli filmlari ishtirok etadi.
Bu yilgi kinofestivalda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etishi kutilmoqda. Kinofestival dasturidan o‘rin olgan barcha filmlar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va muhokama etiladi. Mukofotga loyiq deb topilgan kinokartinalar festival yakunida e’lon qilinadi.
“Listapad” (Minsk International Film Festival) festivali esa 1994-yildan buyon Minsk shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Unda Osiyo va Yevropa mintaqasidagi mamlakatlarning badiiy va hujjatli filmlari ishtirok etadi.

Manba: O'zA