O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘lda to‘qilgan gilamlarning eksport hajmi oshiriladi

2021-11-04 | Iqtisodiyot

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida gilamchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajak rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida gilamchilik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar bo‘yicha qilinishi belgilangan taqdimot masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bugungi kunda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning barchasida qo‘lda gilam to‘qish dastgohlari o‘rnatilib ishga tushirildi. Jumladan, uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 1 ming 200 dan ortiq gilam to‘qish dastgohlari o‘rnatilib, ushbu dastgohlarning har birida chevar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

– Qo‘lda gilam to‘qish nihoyatda sermashaqqat ish, to‘quvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi, –dedi "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Olimjon Jumayev. – Hozirda Germaniyaning “Afghan Bazar Silk Carpets Gmbh” kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. bugungi kunda ushbu loyihalarda qurilish ishlari yakunlanib, korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda 1 ming 950 nafar chevar opa-singillarimiz bandligi ta’minlangan. Korxonalarimizda to‘qilayotgan gilamlar jun, ipak va paxta aralashmalaridan tayyorlanadi.

Mazkur gilamlar o‘zining ekalogik jixatdan tozaligi, mayinligi va sifati bilan ko‘plab xorijlik hamda mahalliy axoli o‘rtasi ma’lum va mashhur.  Tadbirda soha rivoji bilan bir qatorda eksport xajmini oshirishga ham a’lohida e’tibor berilayotgani qayd etildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan “Afghan Bazar Silk Carpets Asia” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki gilamlar Amerika Qo‘shma Shtatlariga 890,5 ming AQSH dollar miqdorida eksport qilindi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada oshrilishi ko‘zda tutilgan.  

Manba: O'zA

Поделиться