O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rivojlanish masalalari bo‘yicha “O‘zbekiston-EI” kichik qo‘mitasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-11-04 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi bilan birgalikda rivojlanish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha “O‘zbekiston-EI” kichik qo‘mitasining tashkil etilgan 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa komissiyasi, Delegatsiyasi hamda YeIga a'zo davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, shuningdek, aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirga investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.Vafaev va Yevropa komissiyasi departament boshlig‘i S.Rinaldi hamraislik qildilar.
 
Uchrashuv kun tartibidagi asosiy masalalar 2021-2027-yillarga mo‘ljallangan yangi dastur doirasida Yevropa komissiyasi bilan ikki tomonlama moliyaviy-texnikaviy hamkorlik istiqbollari va yo‘nalishlaridan iborat bo‘ldi.
 
Xususan, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va “yashil o‘sish”, sud hamda transport-logistika tizimlarining boshqaruv samaradorligini oshirish va raqamlashtirish, investitsiyaviy muhitni yuksaltirish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarida loyiha va tadbirlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
 
Yevropa tomoni Yevropa komissiyasining 2021-2024-yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida “Team Europe” tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
 
Muzokaralar yakunida Yevropa komissiyasining 2021-2027-yillarga mo‘ljallangan yangi dasturi doirasida qo‘shma tashabbuslarni jadallashtirish va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться