O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Toshkent IEM” AJ va “Çalik Enerji” kompaniyasi o‘rtasida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
2021-11-04 | Iqtisodiyot
Bu haqida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
bugungi kunda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ elektr energiya ishlab chiqarish sohasida zamonaviy, yuqori samarador va energotejamkor texnologiyalarni joriy etish maqsadida bir qator hamkorlar ishtirokida tizimli ishlar olib bormoqda.
Navbatdagi investitsion loyiha “Toshkent IEM” AJda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 2024 -yilga qadar markazda har birining quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasi bunyod etiladi va loyihaninga bosh pudratchisi sifatida Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi ishtirok etadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda “Toshkent IEM” AJ va “Çalik Enerji” kompaniyasi o‘rtasida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
- “Çalik Enerji” kompaniyasi O‘zbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan katta o‘zgarishlarning guvohi, bizlar bu yerda Navoiy va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalaridagi jahonda andozasi kam bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining qurilishida ishtirok etdik, - dedi loyiha menejeri Zahid Arichi. - Navbatdagi manzil bu Toshkent issiqlik elektr markazi, o‘ylaymanki loyihani yuqori uyushqoqlik bilan tashkil qilamiz va mamlakat energotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shamiz.
Loyihaning umumiy qiymati – 109, 243 million AQSH dollari, shundan
Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘lari – 81,06 million AQSH dollari;
Korxonaning o‘z mablag‘lari – 15,46 mln. AQSH dollari;
O‘zbekiston Respublikasining qo‘shgan ulushi – 12,71 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida markaz tomonidan yiliga qo‘shimcha 515,6 mln. kVt.soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi, bunda yuqoritejamkor texnologiyalar evaziga 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Atrof muhitga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 200,5 tonnaga kamaytiriladi.
Shuningdek, ushbu energouskuna o‘zining yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, uning foydali ish koeffitsiyenti 64 foizni tashkil etadi.
Manba: O'zA