O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida qatnashadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi

2021-11-03 | Sport

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida qatnashadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a chempionatida ishtirok etadigan  jamoalarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston, Avstraliya, BAA, Vetnam, Malayziya, Janubiy Koreya, Kuvayt, Iordaniya, Iroq, Qatar, Tailand, Turkmaniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Eron  Olimpiya terma jamolari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichining «D» guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar 27-oktabrdan 2-noyabrga qadar Toshkentda o‘tkazildi.  Ushbu guruhda O‘zbekiston (norasmiy), Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Bangladesh Olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться