O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik qizlar xalqaro taʼlim dasturi doirasida nano sunʼiy yo‘ldoshni yig‘ib, stratostferaga uchiradi

2021-11-03 | Innovatsiya

UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM - Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro taʼlim dasturi rasman ishga tushirildi. Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur YUNICEFning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi vakolatxonalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi UniSat dasturini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun. O‘zbekiston qizlari ilm-fan, muhandislik va ilg‘or texnologiyalar sohasida rivojlanish uchun katta salohiyatga ega va biz qizlarni nano sunʼiy yo‘ldoshni uchirishda o‘z kuchlarini sinab ko‘rishga taklif qilamiz, - dedi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova. - Vazirlikda nano sunʼiy yo‘ldoshlarni loyihalash va yig‘ish uchun barcha shart-sharoitga ega laboratoriya mavjud bo‘lib, vazirlik eshiklari yoshlar uchun doim ochiq. Ehtimol, STEM sohalari sizning kelajakdagi kasbingizga aylanadi!, - dedi Sh.Turdikulova

Dastur davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tanlovdan o‘tgan 15-24 yoshli qizlar dasturlash va muhandislik bo‘yicha bilimlarini oshirish, shuningdek, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Ishtirokchilar nano sunʼiy yo‘ldoshni loyihalashtirib uni yig‘adilar hamda stratosferaga uchiradilar. Bunda qizlarga professional muhandislar va dasturchilar jamoasi yordam beradi.

Dunyoning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham turli sabablarga ko‘ra o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida kompyuter savodxonligi, texnik taʼlim va kasb-hunar bo‘yicha sezilarli farq saqlanib qolmoqda. UniSat taʼlim dasturi bu tafovutni qisqartirish, qizlarni tegishli fan va texnologiyalarga rag‘batlantirib, tegishli ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga yordam beradi, dedi YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. - UniSat O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida texnologik sohalarda gender masalasiga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratishga yordam beradi, - dedi u.

O‘quv dasturining yakuniy bosqichida nano sunʼiy yo‘ldoshni yig‘ish uchun uchta respublikadan qizlar Olma-otadagi Al-Farobiy nomli institutda yig‘iladilar. Nano sunʼiy yo‘ldoshni O‘zbekistonda uchirish 2022-yil 12-aprelga rejalashtirilgan. Qizlarning o‘zlari parvoz rejasini tuzib, aeronavigatsiya xizmati mutaxassislari nazorati ostida nano sunʼiy yo‘ldoshni O‘zbekistondan uchiradilar.

Ishlab chiqilgan va stratosferaga uchirilgan nano sunʼiy yo‘ldosh qizlarga Yer va yulduzlarning yuqori aniqlikdagi suratlarini olish imkonini beradi. O‘rnatilgan sensorlar kelajakda ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni o‘zida yig‘adi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться