O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv
2021-11-03 | Iqtisodiyot
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulovning Yaqin Sharq/Fors ko'rfazi va Markaziy Osiyo bo'yicha rahbari, Yevropa Komissiyasining xalqaro hamkorlik bo'yicha bosh direktori Sara Rinaldi boshchiligida Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlott Adrian, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo'limi rahbari Fransua Bejo, Yaqin Sharq/Fors ko'rfazi va Markaziy Osiyo bo'yicha hamkorlik va xalqaro qo'llab-quvvatlash bo'limi xodimi, Yevropa Komissiyasining Savdo bo'yicha bosh direktori Titien Amati va vazirlikning mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Kun tartibida O'zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o'rtasida "yashil" taraqqiyot, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida O'zbekiston tomoni mehmonlarni joriy islohotlar va "yashil"ga o'tish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan 2030-yilgacha "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi ham muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlarga raqamli transformatsiya dasturlari haqida ma'lumot berildi. Xususan, BMTTD bilan hamkorlikda "Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi haqida so'z bordi.
Uchrashuvda yashil iqtisodiyotga o‘tish, barqaror rivojlanish, kambag'allikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning mumkin bo‘lgan sohalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi