O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Venchur fondlarini boshqarish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi

2021-11-02 | Innovatsiya

2-noyabr kuni “UzVC” Milliy venchur fondi va USAID tashkilotining tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida Venchur fondlarini boshqarish bo‘yicha mahorat darslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova, USAID tashkilotining Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha direktori Skot Xedlund hamda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi, "New Links Global” kompanyaisi vakili Alisher Shayxov ochib berdi.

– So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati innovatsiyalar, ilm-fan va tadbirkorlikka alohida eʼtibor qaratmoqda – dedi vazir o‘rinbosari Sh. Turdiqulova. – 2018 yilda qabul qilingan O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish natijasida innovatsion infratuzilma yaratish, innovatsiyalar va ilm-fanni moliyalashtirishning yangi mexanizmini joriy qilish hamda davlat byudjetidan ilm-fanga ajratilayotgan mablag‘larning salmoqli darajada oshishiga erishildi. Strategiyani amalga oshirish natijasida 1,5 mln AQSH dollari miqdoridagi davlat mablagʻlari hisobiga “UzVC” Milliy venchur fondi tashkil etildi va xozirgi kunga kelib Buyuk Britaniyaning Sturgeon Capital boshqaruv kompaniyasi tomonidan 25 million AQSH dollariga teng sarmoya kiritishga erishildi.

3 kunlik Venchur fondlarni boshqarish bo‘yicha mahorat darslari mahalliy venchur sarmoyadorlar, biznes farishtalar, davlat tashkilotlari uchun yetakchi venchur fondlari vakillari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda venchur sohasidagi dolzarb mavzular, jumladan, O‘zbekistonda venchur ekotizimini rivojlantirish muammolari va yechimlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, taniqli xalqaro venchur fondlari vakillari startaplarga sarmoya kiritish tajribalari bilan bo‘lishadilar. https://www.facebook.com/watch/?v=352465433299254

Tadbirda «500 startups” xalqaro venchur fondi va akseleratori, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining venchur fondi, Bolgariyadagi moliyaviy vositalarni boshqarish jamg‘armasi – FMFIB, Quest Ventures (Singapur), Sturgeon Capital (Buyuk Britaniya), Vitosha Venture Partners (Yevropa) venchur fondlari vakillari spiker sifatida ishtirok etadi.

Hozirda davlatimiz tomonidan texnologiyalarni tijoratlashtirish va ularni tashqi bozorlarga olib chiqish, venchur ekotizimni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish jarayonlariga ko‘maklashishning amaldagi mexanizmlarining samarasini oshirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori natijalarga erishish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilgan. UzVC milliy venchur fondi ham o‘z navbatida manfaatdor davlat idoralari va xususiy sektor bilan birgalikda mazkur vazifalarni to‘laqonli bajarish yo‘lida ko‘plab ishlarni amalga oshirishi lozim. Mazkur tadbir ko‘zda tutilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish yo‘lidagi bir qadamdir. https://youtu.be/3TQtid7BI78

Ayni paytda innovatsion g‘oyalar va startaplarni to‘laqonli amalga oshirish, ularni mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning dolzarbligini hisobga olgan holda tijoratlashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Albatta, bu yo‘nalishda xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqa. Bu borada xorijiy hamkorlarimizning geografiyasi ham ortib borayotgani quvonarli. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur va boshqa uzoq davlatlardan mazkur tadbirga tashrif buyuruvchilar uning jahon miqyosida ham dolzarbligining ortib borayotganini ko‘rsatadi. Xorijiy delegatsiyalarning ishtiroki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ilmiy - texnologik va innovatsion-investitsion hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda manfaatli yaqin aloqalarni o‘rnatish uchun qulay platformadir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться