O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi va boshqa xarajatlarga imtiyozlar berilmoqda

2021-11-02 | Jamiyat

Xabaringiz bor, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va hosildorlikni oshirish maqsadida klaster va fermer xo‘jaliklari xarid qilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi uchun texnika sotib olishda kredit xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab berilishi, 2021-yildan boshlab 3 yil davomida paxtani Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida mashinada terish xarajatining 30 foizi byudjetdan qoplab berilishi shular jumlasidandir.

–Xorijiy davlatlaridan sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan 3 yil muddatga ozod etildi, –deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Sobit Ro‘ziboyev. – Import qilingan texnikalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha kechiktirib to‘lash, lazerli tekislash uskunalari va don urug‘ seyalkalarini xarid qilish uchun kelgusi yilda 50 milliard so‘m subsidiya va bojxona imtiyozlar berish amaliyotlari joriy etilishi belgilab berildi.

Bu esa yozni yoz, qishni qish demay dalalarda zahmat chekayotgan fermer va dehqonlarimizga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda yerlarni shudgorlash, urug‘larni sifatli yerga qadash, dastlabki ishlov berish va yetishtirilgan mahsulotlarni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishda qishloq xo‘jaligi texnikalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Fermer va klasterlarga paxta hamda g‘allaning eng hosildor navlarini import qilish va mustaqil joylashtirishga ruxsat berilishi, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar, tijorat banklari tomonidan kamida 5 yilga hamda subsidiya ajratish tizimi ham takomillashtirilishi belgilandi.

Jumladan, birinchi yili subsidiyaning 50 foizi berilib, hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab, kelgusi yili qolgan 50 foizi to‘lash amaliyotining joriy etilishi to‘lov qobiliyatini yanada oshiradi.

Manba: O'zA

Поделиться