O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nurafshonda o'tkazilayotgan qurilish yarmarkasi ko'plab tarmoq korxonalarini o'ziga chorladi

2021-11-02 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan "Nurafshon biznes sity" ma'muriy binosida qurilish yarmarkasi tashkil etildi.

Unda viloyatning barcha hududlaridan 20 taga yaqin tadbirkorlik sub'ektlari hamda tarmoq korxonalarining vakillari qatnashdi. Ular tomonidan 100 dan ziyod turdagi qurilish texnikalari, mahsulotlar, turli sanoat uskunalari va jihozlar ko'rgazmali namoyish etildi. 
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mazkur yarmarka faoliyati bilan tanishdi. Xususan, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatda mahsulotlarning sifati, afzalliklari haqida fikr almashidi.

— Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish kerak, — dedi Davron Hidoyatov. — YAngi turdagi qurilish materiallari va texnikalarni amaliyotga keng jalb qilish lozim. Ayniqsa, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali sog'lom raqobat muhiti shakllanadi. Buning uchun viloyatimizda bu kabi yarmarkalarni ko'proq o'tkazsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Malumotlarga ko'ra, Toshkent viloyatida joriy yil jami 306 ta ijtimoiy soha ob'ektlari qurilish – ta'mirlash ishlari bajarilishi belgilangan.

Investitsiya dasturi doirasida 101 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 184 ta ijtimoiy soha ob'ektlari bunyod etiladi.

Tadbir davom ishlab chiqaruvchilar va loyiha tashkilotlari vakillari o'rtasida qizg'in hamkorlik tashkilotlari tashkil etildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться