O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik oshpaz Xalqaro osh festivali sovrindori bo‘ldi

2021-11-02 | Jamiyat

MDHga aʼzo mamlakatlar o‘rtasida “Oshi palov” xalqaro festivali o‘tkazildi. Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida bo‘lib otgan ushbu musobaqada 11 ta davlatdan 50 nafar oshpaz ishtirok etdi.

“Oshi palov” festivali doirasida 3 tonna osh tayyorlangan bo‘lib, unda O‘zbekistonning Tojikistondagi diasporasidan malakali oshpaz, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi aʼzosi To‘lqin Jabborov o‘z mahorati bilan O‘zbekistonning mashhur xalqaro oshpazlarning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Tojikiston, 3-o‘rinni – Afg‘oniston oshpazlari egalladi. O‘zbekistonning mahoratli oshpazi To‘lqin Jabborov esa faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topildi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Dushanbe shahridagi “Sayyoh” restoran-choyxona bosh oshpazi To‘lqin Jabborov: “Xalqaro festivalda O‘zbekiston nomidan qatnashib, mamlakatimizning gastronomik turizm salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Sovrinli o‘rin olganligim O‘zbekistonda ushbu turizm yo‘nalishiga katta eʼtibor qaratilmoda, vatanimiz sha'nini himoya qilish men uchun yuksak sharafdir!".

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться