O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kosonsoydagi mahalladan 400 tonna meva xorijga eksport qilindi
2021-11-02 | Iqtisodiyot
Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Takarang dahasidagi Chust ko‘cha mahallasi meva-sabzavot logistikasi markaziga aylanib ulgurgan.
– Joriy mavsumning hozirgi holatiga ko‘ra xorijga 400 tonna meva eksport qildik, - deydi eksportchi tadbirkor Nazir Bozorov. – Bu 20 furada gilos, o‘rik, uzum, anor, xurmo degani. Ularni Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Belarus davlatlariga jo‘natdik. Yozda Polshaga katta miqdorda piyoz yuborgan edik. Mavsum endi qizg‘in pallaga kirdi. Katta ish hali oldinda.
Mevalarni saralash, joylash, qadoqlash bilan yuzdan ortiq ayollar va yoshlar band etilgan.
O‘tgan yili ushbu manzildan 1000 tonna meva xorijga chiqarilgan edi.
Manba: O'zA