O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IT Park Farg‘ona filialida “Bir million dasturchi” loyihasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi

2021-11-02 | Ta’lim

IT Park Farg‘ona filialida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyat yoshlari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Tashrif buyurgan ishtirokchilarga yurtimizda ilmiy-amaliy va zamonaviy texnologiyalar sohasida qilinayotgan ishlar, xususan Axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va IT sohasidagi ta'lim jarayonlari bilan mehmonlar tanishtirilib, “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha ham yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tashkil qilingan seminarda ushbu loyihani yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ularni “Bir million dasturchi” platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazish, kelgusida kelajak kasbini IT sohasida olib borishi va bunga berilgan imtiyoz va sharoitlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться