O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent mintaqa olimpiya qo‘mitalari hamkorligini mustahkamlaydi
2021-11-02 | Jamiyat
Bugun, 2-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya Milliy olimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirokidagi mintaqaviy forum boshlanadi.
Marosimda ishtirok etish uchun 1-noyabr kuni Toshkentga xorijiy mamlakatlarning olimpiya qo‘mitalari mutasaddi va mutaxassislari yetib keldi.
Mazkur forumda davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlikni sport yo‘nalishida yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikning yangi rejalari bo‘yicha kelishuvlarga erishish, istiqbolli loyihalarni muhokama etish belgilangan.
Tadbirda mintaqaning 14 mamlakatidan delegatlar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida Milliy olimpiya qo‘mitalari rahbarlari, bosh kotiblar hamda jahon sportining bir qator nomdor vakillari qatnashishi kutilmoqda.
Forum 4 noyabrga qadar davom etadi.
Manba: O'zA