O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Rossiya Federatsiyasi Ilm-fan va taʼlim vaziri bilan uchrashdi

2021-10-29 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigirma ikkinchi yig‘ilishi munosabati bilan Moskva shahrida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiya Federatsiyasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Valeriy Falkov bilan uchrashdi.

Tomonlar akademik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Innovatsion rivojlanish vaziri O‘zbekiston yosh olimlarining Rossiya ilmiy muassasalariga, jumladan «Kurchatov instituti» ilmiy-tadqiqot markaziga qisqa, o‘rta va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil qilish taklifini berdi. I. Abdurahmonov, shuningdek, Rossiya tomonini O‘zbekistondagi universitetlarda sunʼiy intellekt, vodorod energetikasi, robototexnika, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda milliy laboratoriyalarni tashkil etish loyihasida qatnashishga taklif qildi.

– Biz O‘zbekiston-Rossiya hamkorligidagi loyihalarga grant ajratishga tayyormiz, – dedi I. Abdurahmonov. – Ammo bizga Rossiyaning ekspert qo‘llab-quvvatlovi zarur.

Uchrashuvda tomonlar aspirantlar va doktorantlar uchun kvotalar ajratish va ularning turar joy masalalarini ham muhokama qildilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться