O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belbog‘li kurash: Jahon chempionatida polvonlarimiz hozircha 12ta medalni qo‘lga kiritishdi

2021-10-29 | Sport

Ayni paytda Rossiyaning Qozon shahrida belbog‘li kurash (borba na poyasax) bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 19-Jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

28-oktyabrdan start berilgan ushbu jahon chempionatida 38ta davlatdan 250 nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Quvonarlisi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi 18 nafar terma jamoa aʼzolari (bosh murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov) ham mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etmoqda.

Xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Bekbergan Boltayev hamda Neʼmatullo To‘ychiyevlar esa Jahon chempionatida hakamlik vazifasini o‘tashmoqda.

Jahon chempionati reglamentiga ko‘ra, 28-oktyabr kuni belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Murosasiz tarzda o‘tgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2tadan oltin va kumush hamda 8ta bronza medaliga ega chiqishib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi.

Quyida Jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Oltin medal:

-100 kg: Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.),

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova (Andijon),

Kumush medal:

-57 kg: Husanboy Nosirov (Andijon),

-90 kg: Jasurbek Isroilov (Andijon),

Bronza medal:

-82 kg: Husniddin Ro‘ziyev (Andijon),

+100 kg: Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon),

-62 kg: Dostonbek Obidjonov (Namangan),

-68 kg: Murodjon Hamidov (Namangan),

-75 kg: Og‘abek Amatboyev (Xorazm),

-52 kg: Muxlisaxon Sotvoldiyeva (Farg‘ona),

-57 kg: Manzuraoy Mo‘ydinova (Farg‘ona),

-76 kg: Ziyodaxon Ergasheva (Farg‘ona).

Bugun Jahon chempionatining ikkinchi kunida belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Polvonlarimizga omad tilaymiz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться