O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Startap forumi o‘z ishini boshladi

2021-10-28 | Innovatsiya

Hindiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Startap forumi o‘z ishini boshladi.

Onlayn formatda o‘tkazilayotgan tadbirda startaplarning o‘zaro ko‘ptomonlama hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan plenar sessiyalar, seminarlar, tajriba almashish uchun maʼlumotlar bazasi, yetakchi hind inkubatorlari bo‘ylab virtual turlar tashkil etiladi.

SHHT Startap forumida Hindiston , Qozog‘iston, Xitoy , Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston kabi mamlakatlari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi ishtirok etmoqda. Bundan tashqari forum doirasidagi davra suhbatlarida Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Amir Abidov va Vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy xodimi Vladimir Soy maʼruza bilan qatnashadilar. Bundan tashqari, onlayn tarzda tashkil etiladigan mahorat darslarida ishtirok etish uchun respublikamizning bir nechta faol startap tashabbuskorlari ham jalb etilgan.

Forumning asosiy maqsadi SHHTag aʼzo mamlakatlar startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, ekotizimning bugungi ahvoli, erishgan yutuqlaridan xabardor bo‘lish va ilg‘or xorij tajriba almashinuvlarini tashkil etishdan iborat. Forum dasturida ko‘p tomonlama inkubator dasturi va ijtimoiy innovatsiyalarni taʼminlash bo‘yicha davra suhbatlari, shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan startaplar orasida tajriba almashinuv dasturlari o‘rin egallagan.

Mazkur Forumda startaplar oldida turgan ijtimoiy masalalarni innovatsion yechimlar orqali hal etish, startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha institutsional choralar, SHHT aʼzo-davlatlaridagi mahalliy ekotizimlarning imkoniyatlarini kengaytirish, startaplar uchun investorlar va o‘zaro hamkorlik uchun korporativ tadbirlarda ishtirok etishga imkoniyat yaratish masalalari muhokama etiladi, bu masalalarning yechimlari taqdim etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться