O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saralash o‘yinlari boshlandi: olimpiyachilarimiz saudiyaliklarga qarshi o‘yinda iroda ko‘rsatdi

2021-10-28 | Sport

Xabaringiz bor, U-23 Osiyo chempionatining “D” guruhi saralash bahslariga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda.

Dastlabki bahs “Paxtakor” stadionida o‘tib, unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga qarshi maydonga tushdi. 

Maʼlumki, Osiyo chempionati keyingi yil O‘zbekistonda tashkil etiladi. Shu sababdan vakillarimiz mezbon sifatida chempionatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi va bu saralash o‘yinlari tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Terma jamoamiz ushbu saralash o‘yinlarida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan ishtirok etmoqda. Bunga sabab, ushbu yoshdagi futbolchilar Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun tajriba to‘plab borishlari maqsad qilingan.

Hozirgina “Paxtakor stadionida o‘tkazilgan bahsda hamyurtlarimiz saudiyaliklar bilan jangovor durangga imzo chekishdi. Raqiblarimizdan Hamed Abdulloh Al Gamdi va Abdulmuhsin Al Qahtanilar kiritgan gollarga hamyurtlarimizdan Otabek Jo‘raqo‘ziyev va Jasur Jaloliddinov o‘z gollari bilan javob qaytarishdi.

Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston - 2:2 (1:1, 1:1).

Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni. 

Hakamlar: Yusuke Araki (Yaponiya), Yosuke Takebe (Yaponiya), Navaf Shahin Musa (Bahrayn), Ammar Ibrohim Mahfud (Bahrayn).

Gollar: 1:0 – Hamed Abdulloh Al Gamdi (40), 1:1 – Otabek Jo‘raqo‘ziyev (45), 2:1 – Abdulmuhsin Al Qahtani (47), 2:2 – Jasur Jaloliddinov (80)

Saudiya Arabistoni: 22.Abdulrahmon Anvar Al Shammari, 4.Xalifa Odil Al Davsari, 5.Jihod Txikri, 8.Hamed Abdulloh Al Gamdi, 12.Navaf Bu Vashl, 14.Mansur Fayoz Al Beshi, 15.Hussayn Ahmad Al Issa, 16.Ziyad Muborak Al Johani, 19.Abdulloh Al Hamddan, 20.Muhammad Al Kunaydri, 23.Abdulmuhsin Al Qahtani.

O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliyev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Xojimat Erkinov, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 17.Diyor Xolmatov, 19.Hamidxon Rustamxonov, 20.Diyorbek Rahimqulov, 22.Alisher Odilov.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться