O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki binosiga press-tur tashkil etildi

2021-10-26 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki binosiga jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Texnopark Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida barpo etilgan bo‘lib, unga 1,94 gektar yer maydoni ajratilgan. Binoning umumiy maydoni 10 ming 994 m2 tashkil etadi. Loyiha doirasida 3 qavatdan iborat innovatsion o‘quv-ilmiy markazi binosi (10 ming 994 kv. m.) va yopiq issiqxona (496 kv. m.) qurildi.

– Innovatsion g‘oyalar yoshlarga xosligi statistik maʼlumotlardan ayon, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofis bosh direktor o‘rinbosari Akbarxon

Sobirxonov. – Talabalar shaharchasida 50 mingdan ortiq yoshlar o‘qishga qatnaydi. Universitetda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash asosiy ko‘zlangan vazifalarimizdan biridir. Ilm-fan natijalarini amaliyotda qo‘llab ko‘rmas ekansiz, uni tushunish va o‘zlashtirish qiyin kechadi. Qo‘llarida ishlanmasi bo‘lgan talabalar, yoshlar, olimlar va professor tadqiqotchilar uchun texnopark o‘z tajribalarini sinovdan o‘tkazishga imkon beradi.

Innovatsion o‘quv-ilmiy markazi binosi 3 qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavat qismida zamonaviy maxsus texnik vositalar bilan taʼminlangan biotexnologik laboratoriya, ishlab chiqarish xonasi, tuproq unumdorligini tahlil qilish laboratoriyasi, ko‘rgazma uchun elektromobil, tovush laboratoriyasi, robototexnika, standartlashtirish xonalari joylashgan. Ikkinchi qavatda talabalar uchun 8 ta kovorking xonalari, 3 ta trening xonalari, oshxona, dam olish xonasi, 2 ta ofis, muzokaralar xonasi va maʼmuriyat xonalari joylashgan. Uchinchi qavatda 17 ta ofis xonasi, 2 ta muzokaralar xonasi, sport xonasi, zamonaviy kutubxona, maʼmuriyat xonasi va omborxona joylashgan. Binoning tom qismida 40 kv.t.gacha energiya tejovchi quyosh panellari mavjud.

Yopiq issiqxona 496,0 kv.m. maydonda zamonaviy isitish va sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan, havo haroratini bir meʼyorda ushlab turuvchi avtomatlashtirilgan tizimga ega bo‘lgan, yengil metall konstruksiyadan barpo etilgan bino.

Texnoparkda talabalar o‘z innovatsion g‘oyalarini mustaqil amalga oshirishlari uchun zamon talablariga mos keluvchi maxsus laboratoriyalar, zamonaviy kutubxona, robototexnika vositalari, texnik jihozlar joylashgan bo‘lib, yosh avlodning innovatsion g‘oyalarini kengaytirish, ularni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Texnoparkning asosiy binosi monolitdan, hamda tashqi devorlari gazoblokdan qurilgan. Tashqi devorlarida isitish va gidroizolyatsiya ishlari bajarilgan, barcha metall karkaslariga yong‘indan himoya qiluvchi bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan, energiya tejovchi uskunalar o‘rnatilgan. Binoga yondosh bo‘lgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться