O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon chempionati omadli boshlandi. Bugun yana 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

2021-10-26 | Sport

Avval xabar berganimizdek, Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ilk kunida 1 nafar ham yurtimiz o‘z jangini o‘tkazdi.

-67 kg vaznda ringga chiqayotgan yosh va isteʼdodli bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi jangda ishtirok etib, raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Hamyurtimiz har uchchala raundda kuchli bosim o‘tkazib, raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi va shunga yarasha hakamlar ham Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning g‘alabasini bir ovozda qayd etishdi.

Bugungi kun tartibidan o‘rin olgan janglarda yana 3 nafar bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Muxlislar uchun eʼtiborlisi, havaskor boksda biroz muddat tanaffus qilgan Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov faoliyatidagi yagona kemtik Jahon chempionati oltin medali uchun bugun yurish boshlaydi. Dastlabki bosqichdayoq uning raqibi qozog‘istonlik tajribali bokschi Saken Bibosinov bo‘ladi.

Shuningdek, bugun hamyurtlarimizdan -80 kg vaznda Odiljon Aslonov tanzaniyalik Yusuf Changalaveyga qarshi, -75 kg vaznda Saidjamshid Jafarov esa slovakiyalik Lukas Fernezaga qarshi jang o‘tkazadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться